Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada Oʻzbekistonda davlat xaridlari tizimining institutsional-huquqiy rivojlanish bosqichlari va 2021–2025-yillardagi asosiy koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Tizim taraqqiyoti 1991–2026-yillarni qamrab olgan olti bosqichga ajratildi. Xaridlar hajmi, elektron savdolar ulushi, tejalgan mablagʻlar, yetkazib beruvchilar ishtiroki va bekor qilingan lotlar dinamikasi dinamik, qiyosiy va tarkibiy tahlil usullari bilan baholandi. Xaridlar hajmi 147,4 trln soʻmdan 307,9 trln soʻmga yetib, 2,09 baravar oshgani, elektron savdolar orqali tuzilgan shartnomalar ulushi 46,4 foizdan 56,5 foizga koʻtarilgani aniqlandi. Yetkazib beruvchilar soni qariyb ikki baravar koʻpaydi, bekor qilingan lotlar ulushi esa 5,5 foizdan 8,5 foizga oshdi. Natijalar raqamlashtirish va raqobat kengayayotganini, rejalashtirish va xarid hujjatlari sifatini oshirishda katta zaxira borligini koʻrsatdi. Yakunda xaridlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar berildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Axmedjanov Sardorbek (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: