Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Kamqonlik (anemiya) butun dunyo bo'ylab, ayniqsa ayollar va bolalar orasida jiddiy jamoat salomatligi muammosi bo'lib qolmoqda. Global miqyosda reproduktiv yoshdagi ayollarning 42%i, homilador ayollarning 51%i va maktabgacha yoshdagi bolalarning 47,4%i kamqonlikdan aziyat chekadi. O'zbekistonda ham homilador ayollar, bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollar orasida temir tanqisligi anemiyasining yuqori tarqalishi qayd etilgan, bu esa onalar o'limi, bolalar rivojlanishining buzilishi va immunitetning pasayishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O'zbekistonda ayollar va bolalarda kamqonlikning tarqalishini baholash, asosiy xavf omillarini aniqlash va samarali profilaktika strategiyalarini taklif qilishdan iborat. Maqolada kamqonlikning turlari, xususan, temir tanqisligi anemiyasi, uning etiologiyasi (ovqatlanish bilan bog'liq omillar, qon yo'qotishlar, surunkali kasalliklar) va global tarqalish ko'rsatkichlari atroflicha tahlil qilinadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha 6 yoshgacha bo'lgan bolalarning 40–50 foizida temir tanqisligi anemiyasi uchraydi. Ushbu tahlil O'zbekiston sharoitida kamqonlikka qarshi kurashish uchun kompleks yondashuvlar zarurligini ta'kidlaydi va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan profilaktika choralarining ahamiyatini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Azizov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: