B2B bozorida mijozlar sonining nisbatan kamligi, bitimlar qiymatining yuqoriligi, xarid siklining uzoqligi hamda sotuvchi va xaridor o'rtasidagi munosabatlarning davomiyligi marketing resurslarini mijozlar o'rtasida oqilona taqsimlash masalasini alohida ahamiyatli qiladi. Maqolada B2B segmentatsiyaning an'anaviy tarmoq, korxona hajmi va sotuv hajmiga asoslangan mezonlari tanqidiy tahlil qilinib, mijozning joriy daromadliligi bilan bir qatorda uning kelajakdagi iqtisodiy salohiyati, xizmat ko'rsatish xarajatlari, hamkorlik barqarorligi, o'sish imkoniyati hamda strategik qiymatini hisobga olish zarurligi asoslangan. B2B mijozlar portfelini "joriy iqtisodiy qiymat – istiqboldagi marketing salohiyati" koordinatalarida baholash va har bir mijoz guruhiga differensial marketing strategiyasini qo'llash taklif etiladi. Mazkur yondashuv marketing budjeti va sotuv bo'limi resurslarini eng katta aylanmani ta'minlayotgan mijozlarga emas, korxona uchun barqaror qiymat yaratayotgan va rivojlanish salohiyatiga ega mijozlarga yo'naltirish imkonini beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Egamberdiyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: