Ushbu tezis intellektida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarda geometrik tasavvurlarni shakllantirishda fanlararo aloqadorlikning samaradorligini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot davomida eksperimental va nazorat guruhlarida maxsus pedagogik metodika qo'llanilgan bo'lib, bunda geometrik tushunchalar mehnat ta'limi, tabiatshunoslik va kundalik hayot bilan integratsiyalashgan. O'tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari fanlararo yondashuvning o'quvchilarning geometrik shakllarni tanish, fazoviy tasavvur va oddiy geometrik amallarni bajarish ko'nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaganini ko'rsatdi. Olingan natijalar maxsus ta'lim tizimida fanlararo aloqadorlikni faol qo'llash orqali intellektida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarning kognitiv rivojlanishini optimallashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nozima Raximova Xamroqul qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: