Maqolada o'zbek va ingliz oilaviy muloqotida qarindoshlikni anglatuvchi birliklarning murojaat vositasi sifatida qo'llanishi qiyosiy-pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Qarindoshlik nomlarining vazifasi shaxsni muayyan qarindoshlik munosabati asosida atash bilangina chegaralanmasligi, ular muloqot ishtirokchilarining yoshi, o'zaro yaqinligi, oiladagi mavqei, hurmat va hissiy munosabatini ham ifodalashi ko'rsatib beriladi. O'zbek oilaviy muloqotida aka, opa, amaki, xola, dada, aya, buvi kabi birliklarning murojaat doirasi ularning lug'aviy ma'nosidan kengroq ekanligi, ingliz tilidagi mum, dad, grandma, grandpa, aunt, uncle, brother, sister birliklarining qo'llanishida esa boshqa pragmatik qonuniyatlar kuzatilishi misollar orqali yoritiladi. Qarindoshlik nomlarining murojaatdagi ma'nosi nutq vaziyati, so'zlovchi va tinglovchi munosabati hamda oilada shakllangan muloqot odatlari bilan bog'liq holda ochilishi asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shaxnigor Olim qizi Olimova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: