Maqolada ingliz va o'zbek siyosiy diskursida qo'llaniladigan frazemalarning pragmatik funksiyalari qiyosiy jihatdan ko'rib chiqiladi. Frazema tushunchasi aniq qolipga ega, semantik yaxlit, sintaktik bo'linmas, ixcham va ko'chma ma'noli til birligi sifatida ta'riflanadi. Frazemaning pragmatik funksiyasi deganda uning konkret kommunikativ vaziyatda bajaradigan maqsad-effekt vazifasi, ya'ni baholash, ta'sir o'tkazish, legitimatsiya, integratsiya va yumshatish kabi vazifalari tushuniladi. Tadqiqotda V.N. Teliya, E.A. Dobrydneva, T.A. van Deyk, R. Vodak, P. Chilton va boshqa olimlarning nazariy qarashlari asosida beshta pragmatik funksiya turi ajratiladi va ular ingliz hamda o'zbek siyosiy matnlari misolida tasviriy tarzda ko'rsatiladi. Maqola yakunida ikki tildagi frazemalarning pragmatik salohiyatidagi umumiy va milliy-spetsifik jihatlar haqida xulosalar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tohirjon Muratboyevich Qadirov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: