Badiiy matnda voqealanishning syujet ketma-ketligidan tashqari kommunikativ niyat, kontekstual ishora va yashirin ma'no orqali shakllanishi yetarlicha tizimli tavsiflanmagan. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi badiiy diskursda voqealar rivojini belgilovchi pragmatik mexanizmlarni aniqlash va ularni tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan izohlashdan iborat. Tahlilda tarixiy-qiyosiy yondashuv, germenevtik talqin va manbashunoslik usuli qoʻllanib, badiiy matnlardagi voqea bayoni, nutqiy vaziyat hamda majoziy ifodalar oʻzaro bogʻliqlikda koʻrib chiqildi. Tematik kodlash natijasida uch asosiy kategoriya ajratildi: kommunikativ niyat, kontekstual xulosa va implitsit ma'no; ularning har biri voqealanishning oʻquvchi tomonidan qayta tiklanish jarayonini belgilashi aniqlandi. Majoziy birliklar voqea mazmunini bevosita nomlashdan koʻra, qahramon pozitsiyasi va muallif strategiyasini anglatishi koʻrsatildi. Natijada badiiy diskurs voqealanishi pragmatik, germenevtik va tarjimaviy talqin birligida tushuntiriladigan koʻp qatlamli hodisa sifatida tavsiflandi. Taklif etilgan uch kategoriyali model inglizcha badiiy matnlarni qiyosiy oʻrganish va tarjimada yashirin mazmunni saqlash uchun nazariy mezon boʻlib xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Malika Akmal Utayeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: