Maqolada sud-huquqiy diskursning pragmatik xususiyatlarini yuridik ingliz tili mashg'ulotlariga integratsiya qilish orqali talabalarning kasbiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Sud jarayonidagi savol-javob, dalil keltirish, e'tiroz bildirish, aniqlashtirish, ishontirish, taxmin darajasini chegaralash hamda institutsional munosabatni ifodalash kabi nutqiy harakatlarning lisoniy vositalari ajratiladi. Talabalarga huquqiy terminologiyani tayyor birlik sifatida o'rgatishdan ko'ra, uni so'zlovchining kommunikativ maqsadi, protsessual maqomi va adresatga ta'siri bilan bog'liq holda o'zlashtirish zarurligi asoslanadi. Sud diskursiga asoslangan "kontekstni aniqlash – pragmatik vazifani tahlil qilish – lisoniy markerlarni ajratish – rolli modellashtirish – refleksiv baholash" metodik modeli taklif etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sur'atjon qizi Mirzayeva Mahliyo (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: