Maqolada huquqiy diskursning janriy xususiyatlarini yuridik ingliz tilini o'qitish jarayoniga tatbiq etish masalasi o'rganiladi. Yuridik ingliz tilini umumiy ingliz tilidan farqlovchi asosiy xususiyat faqat sohaviy terminologiyaning mavjudligi bilan emas, balki muayyan kommunikativ maqsadga xizmat qiluvchi barqaror matn turlarining shakllanganligi bilan izohlanadi. Shu jihatdan shartnoma, sud qarori, yuridik memorandum, da'vo arizasi, maslahat xati va huquqiy muammo yechimiga bag'ishlangan yozma javob kabi janrlarning kompozitsion, leksik-grammatik hamda pragmatik xususiyatlarini talabalarga tizimli o'rgatish zarurati asoslanadi. Maqolada janrga asoslangan o'qitishning "janrni anglash – matn tuzilishini aniqlash – lisoniy vositalarni tahlil qilish – boshqariladigan yozuv – mustaqil kasbiy matn yaratish" bosqichlaridan iborat modeli taklif qilinadi. Mazkur yondashuv yuridik terminlarni alohida yodlashdan huquqiy fikrni muayyan kasbiy janr talablariga muvofiq shakllantirishga o'tish imkonini berishi dalillanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sur'atjon qizi Mirzayeva Mahliyo (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: