Bu maqolada 1960–1970 yillarda O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligining rivojlanish holati, uning tarkibiy xususiyatlari va sovet agrar siyosatining respublika qishloq xo'jaligiga ta'siri tarixiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda, avvalo, paxtachilikning respublika qishloq xo'jaligidagi ustuvor mavqei, sug'orish va melioratsiya tizimining kengayishi, yangi yerlarning o'zlashtirilishi, qishloq xo'jaligining mexanizatsiyalashuvi va kimyolashtirilishi masalalariga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, 1960-yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining miqdoriy jihatdan o'sishi bilan bir qatorda, uning biryoqlama ixtisoslashuvi, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining qisqarishi, suv resurslaridan haddan tashqari foydalanish va ishlab chiqarishning markaziy rejalashtirish tizimiga qaramligi kabi muammolar ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari 1960–1970 yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligida texnik va irrigatsion imkoniyatlar kengaygan bo'lsa-da, ushbu o'sish asosan paxta xomashyosini ko'paytirishga yo'naltirilganini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sunatovich Jumayev Abbos (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: