Ushbu tadqiqotda oʻtgan asrning 30–40-yillarida sovet totalitar rejimi tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilgan ommaviy majburiy koʻchirish (deportatsiya) siyosatining chuqur tarixiy, siyosiy, demografik va ijtimoiy-siyosiy sabablari hamda uning oqibatlari arxiv materiallari asosida atroflicha tahlil etilgan. Uzoq Sharq, Qrim hamda Shimoliy Kavkaz hududlaridan Oʻzbekiston SSRga zoʻravonlik bilan koʻchirilgan koreyslar, qrim tatarlari va mesxeti turklarining maxsus posyolkalardagi ogʻir turmushi, tibbiy-sanitariya inqirozlari va ommaviy oʻlim holatlari NKVD komendaturalari tizimi hujjatlari orqali yoritilgan. Shu bilan birga, mahalliy oʻzbek aholisining yuksak insonparvarligi, muhojirlarni qutqarish va ularning yangi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga moslashishidagi tarixiy oʻrni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nigora Nuralova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: