Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu tadqiqot O'zbekistonning Toshkent, Buxoro va Farg'ona viloyatlarida qishloq xo'jaligi hosildorligiga iqlim o'zgarishining ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda 2005–2024 yillar davomida bug'doy, paxta va sabzavot ekinlari hosildorligi dinamikasi hamda iqlim ko'rsatkichlari (harorat, yog'ingarchilik va qurg'oqchilik indeksi) o'rganildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil va ko'p o'zgaruvchili regressiya modeli qo'llanildi. Tahlil natijalari harorat oshishi hosildorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishini, yog'ingarchilik va sug'orish resurslari esa hosildorlik barqarorligini ta'minlashda muhim omil ekanligini ko'rsatdi. Model natijalariga ko'ra, haroratning 1°C ga oshishi hosildorlikni o'rtacha 2–3 ts/ha ga kamaytirishi mumkin. Tadqiqot natijalari asosida 2026, 2030 va 2050 yillar uchun hosildorlik prognozlari ishlab chiqildi. Prognoz natijalari iqlim o'zgarishining uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga salbiy ta'siri kuchayishi mumkinligini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari qishloq xo'jaligida suv resurslarini samarali boshqarish, qurg'oqchilikka chidamli ekin navlarini joriy etish va agrotexnologiyalarni takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nuriddinov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: