Kirish: Ushbu tadqiqot globallashuv davrida ona tili ta'limini modernizatsiya qilish hamda ta'lim jarayoniga lingvokulturologik yondashuvni joriy etish masalasiga bagʻishlangan. Maqsad: Oʻzbek tili ta'limida milliylik va zamonaviy raqamli pedagogik texnologiyalarni integratsiyalash orqali oʻquvchilarning komunikativ hamda madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini baholash. Metodologiya: Tadqiqotda aralash metodlar (metodologik va empirik tahlil, ped-eksperiment hamda statistik tahlil — Student t-kriteryasi) qoʻllandi. Eksperimentda 240 nafar oʻquvchi (120 nafar nazorat, 120 nafar eksperimental guruh) ishtirok etdi. Natijalar: Lingvokulturologik va interfaol raqamli modullarni qoʻllash natijasida eksperimental guruh oʻquvchilarining matniy tahlil va semantik anglash koʻrsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 21.4% ga yuqori natija koʻrsatdi (p < 0.05). Xulosa: Lingvokulturologik yondashuv tilni an'anaviy qoidalar majmui sifatida emas, balki milliy mentalitet va dunyoqarash koʻzgusi sifatida oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nargiza Boltayevna Vohidova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: