Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu tezisda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning hududiy bandlikka multiplikativ ta'siri Jizzax viloyati misolida baholanadi. Tadqiqotda Statistika qo'mitasining 2019–2025-yillardagi iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha bandlik ma'lumotlari asosida lokalizatsiya koeffitsiyenti, iqtisodiy baza multiplikatori va siljish-ulush (shift-share) usullari qo'llanilgan. Natijalar viloyatda yashash va ovqatlanish xizmatlarida bandlik ulushi respublika darajasidan past ekanligini (lokalizatsiya koeffitsiyenti 0,83), ya'ni turizm hali viloyat iqtisodiyotining eksport bazasiga aylanmaganini ko'rsatadi. Ssenariy hisob-kitoblari turizmning ixtisoslashuv darajasi oshirilsa, bilvosita va induksiyalangan bandlik hisobiga umumiy bandlik sezilarli o'sishi mumkinligini ko'rsatadi. Turizm infratuzilmasi investitsiyalarini bandlik natijalari bilan bog'lash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Muxiddinov Tal’at Shaydullo o‘g‘li (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: