Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqola Oʻzbekistonda mehnatga oid huquqiy munosabatlarning hozirgi holatini 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi (2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan) asosida tahlil qilishga, ularni takomillashtirish boʻyicha nazariy va amaliy muammolarni aniqlashga bagʻishlangan. Tadqiqotda mehnat huquqi normalarini qoʻllashdagi mavjud kamchiliklar, ish beruvchi va xodimlar huquqlarining samarador himoya qilinishi masalalari koʻrib chiqiladi. Muammoni oʻrganishda huquqiy-normativ hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy-huquqiy usul, tizimli yondashuv kabi ilmiy metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish, xususan, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ish beruvchilarning mas'uliyatini oshirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini modernizatsiyalashga hissa qoʻshadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sevinch Aliqulova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: