Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan, 2023-yil 30-apreldan amalda) 161-moddasi asosida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishning huquqiy asoslari, tartibi va xodimlarni himoya qilish kafolatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bekor qilish asoslarining mazmuni, ogohlantirish muddatlari, ishdan boʻshatish nafaqasi hamda Oliy sud Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli qarorida bayon etilgan sud amaliyoti oʻrganiladi, shuningdek Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunchiligi va Xalqaro mehnat tashkilotining 158-sonli Konvensiyasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Natijada malaka yetarli boʻlmaganligi va ishlar hajmining qisqarishi kabi asoslarni qoʻllashdagi subyektivlik xavfi, qoʻpol buzishlar roʻyxatining ichki hujjatlarda belgilanishi hamda boshqa asoslarning turli qonunlarda tarqoqligi aniqlanib, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Qodirqulova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: