Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada aralash ta’lim sharoitida LearnSchool raqamli ta’lim platformasidan kompleks foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Auditoriya mashg‘ulotlari va raqamli muhitdagi mustaqil ta’lim faoliyatini uyg‘unlashtirish, o‘quv resurslari, testlar, diagnostika hamda statistik ma’lumotlardan pedagogik maqsadlarda foydalanish masalalari tahlil qilingan. Mualliflik metodik modeli besh komponent maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli, diagnostik-tahliliy va baholash-natijaviy komponentlar birligiga asoslangan. Modelni amalga oshirish bosqichlari, platforma funksiyalarining pedagogik vazifalar bilan mosligi va Learning Analytics ma’lumotlarini pedagogik qarorlarga aylantirish ketma-ketligi taklif etilgan. Tadqiqot nazariy-metodik xarakterga ega bo‘lib unda tajriba-sinov natijalari yoki tasdiqlanmagan statistik ko‘rsatkichlar keltirilmaydi. Platformaning mavjud resurslar, testlar, diagnostika va statistika imkoniyatlari amaldagi funksional tayanch sifatida, sun’iy intellektga asoslangan tavsiyalar esa istiqboldagi rivojlantirish yo‘nalishi sifatida talqin etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Raxmatilla Mamajanov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: