Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqatini jamlash, uni barqarorlashtirish hamda o'quv faoliyati davomida diqqatning faolligini oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanishning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilgan. Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalarning individual va yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanish jarayonida diqqatning tutgan o'rni hamda ta'lim jarayonida yuzaga keladigan diqqat bilan bog'liq muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, didaktik o'yinlarning o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish, bilish faolligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, xotira, tafakkur va idrok jarayonlarini takomillashtirishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilgan. Maqolada ta'lim jarayonida didaktik o'yinlarni maqsadli, tizimli va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil etishning samarali usullari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, turli didaktik o'yinlar orqali o'quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undash, o'quv materiallarini ongli va puxta o'zlashtirishga erishish imkoniyatlari asoslab berilgan. Didaktik o'yinlardan samarali foydalanish boshlang'ich ta'lim jarayonining sifatini oshirish, o'quvchilarda ijobiy ta'lim motivatsiyasini shakllantirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishning muhim pedagogik vositasi ekanligi yoritilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dilnoza Saidova Maripovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: