Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning kognitiv rivojlanishini qo'llab-quvvatlovchi zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Kognitiv rivojlanishning tarkibiy qismlari — diqqat, xotira, ijrochilik funksiyalari, tafakkur, nutq va matematik tasavvur — ilmiy adabiyotlar asosida aniqlangan. Yo'naltirilgan o'yin, pedagogik qo'llab-quvvatlash va barqaror birgalikdagi fikrlash, dialogik o'qish, ijrochilik funksiyalariga yo'naltirilgan faoliyat, tadqiqotga asoslangan o'rganish, metakognitsiyani rivojlantirish, raqamli vositalardan oqilona foydalanish hamda kuzatuvga asoslangan baholash yondashuvlari qiyosiy ko'rib chiqilgan. «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi bilan uyg'unlikda tarbiyachi faoliyati uchun «kuzat – rejalashtir – yo'nalt – baho ber» sikli va yosh guruhlari bo'yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shodiya Mahmudjon qizi Nuritdinova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: