Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada 2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi (PF-60-son Farmon) va uning mantiqiy davomi bo'lgan "O'zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida ma'rifiy tarbiyaning o'rni tahlil qilinadi. "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili asosida inson–jamiyat–davlat yondashuvi, to'rtinchi (inson kapitalini rivojlantirish) va beshinchi (ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash) ustuvor yo'nalishlar yoritiladi. "Yangi O'zbekiston — ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi, "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" g'oyasi hamda ta'lim-tarbiyani Uchinchi Renessans poydevori sifatida belgilash masalalari ochib beriladi.Alohida e'tibor "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasi, 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish milliy dasturi (VM 781-son qarori), axborot-kutubxona xizmati, kitobxonlik haftaligi, mahalla kutubxonalari va yoshlar tarbiyasiga qaratiladi. Maqolada sifatli ta'lim qamrovi, pedagoglar malakasi, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, kitob nashri va kutubxona foydalanuvchilari kabi sifat va miqdor ko'rsatkichlari orqali ma'naviy taraqqiyot samaradorligi baholanadi. Xulosa qilib, ma'rifiy tarbiya iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy va siyosiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, inson qadrini ulug'lash va bilimli jamiyat shakllantirish omili sifatida asoslab beriladi
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ahror Haydarov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: