Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada ipak va paxta iplari asosida polotno hamda satin (atlas) 8/5 o‘rilishida to‘qilgan choyshabbop to‘qimalarning ichki tuzilishi eksperimental tadqiq etilgan. Mikrokesim usulida iplarning to‘quvdan oldingi va keyingi ko‘ndalang kesim yuzalari, gorizontal va vertikal o‘lchamlarining o‘zgarish koeffitsientlari, egilish koeffitsientlari hamda to‘qima tuzilish fazasi aniqlangan. O‘lchash natijalari asosida qo‘shimcha ravishda iplarning hisobiy diametri, kesim yuzasining kamayishi, kesim ovalligi, faza tartibining kasr qiymati va polotno to‘qimaning to‘ldirilish ko‘rsatkichlari hisoblangan. Polotno to‘qima V fazaga (Kfaza = 1,03), satin 8/5 to‘qima VI fazaga (Kfaza = 1,55) mansubligi aniqlandi. Satin 8/5 da arqoq ipining kesim yuzasi deyarli saqlanib (1,3 % kamayish), kuchli yassilanishi (ovallik 3,11), polotnoda esa tanda va arqoq iplari kesim yuzasining 34–36 % ga kamayishi ko‘rsatildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Komilov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: