Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada oliy taʼlim muassasalari maʼlumotlarini intellektual tahlil qilishning nazariy va metodologik asoslari tizimli adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Educational Data Mining, Learning Analytics, Academic Analytics va Institutional Analytics konsepsiyalarining obyekti, maqsadi hamda metodlari qiyoslangan. OTM maʼlumotlarining koʻp manbaliligi, vaqtga bogʻliqligi, ierarxik tuzilishi va kontekstga sezgirligi intellektual tahlil metodologiyasiga qoʻyadigan talablar aniqlangan. KDD, CRISP-DM va Learning Analytics hayot sikli yondashuvlari asosida maʼlumotni boshqaruv qaroriga aylantirishning integrallashgan metodologik sxemasi taklif etilgan. Tadqiqot natijasida mavjud ishlardagi talaba natijalarini prognozlashga haddan tashqari yoʻnalganlik, institutsional maʼlumotlarning fragmentarligi, sababiy talqin, tashqi validlik, izohlanuvchanlik va algoritmik adolatlilik bilan bogʻliq ilmiy boʻshliqlar asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ataboeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: